• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

HOKIM YORDAMCHILARI UCHUN TASHKIL ETILGAN MAXSUS SEMINAR-TRENING O’Z YAKUNIGA YETDI

Joriy yilning 21 aprel kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda hokim yordamchilari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida tashkillashtirilgan 3 - kunlik o’quv-amaliy seminar muvaffaqiyatli yakunlandi. Unda Toshkent viloyatining Oqqo'rg'on, Quyi Chirchiq, Chinoz, Yangiyo'l tuman va shaharlarida faoliyat yuritayotgan 207 ta hokim yordamchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar to'g'risida aniq tushunchalar, aholi bandligini ta'minlash, kambag'allikni qisqartirish mezonlari, mahallabay ishlash tizimini yanada samarali tashkil etish bo'yicha nazariy va amaliy mashg'ulotlar o’tkazildi.

Mashg’ulotlarga Oliy maktabning 10 dan ortiq tajribali professor-o‘qituvchilari jalb qilindi. Shu bilan birga, barcha viloyatlardagi 9335 nafar hokim yordamchilari ushbu dastur asosida 2 bosqichda o’qitilishi rejalashtirilgan.

Seminar yakunida unda faol ishtirok etgan hokim yordamchilariga maxsus sertifikatlar topshirildi.