• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

HOKIM YORDAMCHILARI UCHUN MAXSUS SEMINAR-TRENING

 

 

 

 

 

 

 

2022 yilning 19 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda, “Hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil qilish: mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag‘allikni qisqartirish yo‘llari” mavzusidagi 3 - kunlik o’quv-amaliy seminariga START berildi.

Mazkur seminar Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumanida tashkil etilib, unda viloyat, shahar va tumanlarda faoliyat yuritayotgan 200 dan ortiq hokim yordamchilari ishtirok etishmoqda.

 

Seminar-trening taqdimot va amaliy mashg‘ulotlar shaklida tashkil etilgan bo’lib, o‘quv jarayoniga Oliy maktabning yuqori malakali professor-o‘qituvchilari jalb qilingan.

Hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlik bo‘yicha innovatsion ishlanmalar yaratish, ularni tijoratlashtirish va zamonaviy innovatsion ko‘nikmalarni shakllantirish tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad sanaladi.

Hokim yordamchilari mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish joylarini yaratish,  yer, kredit, infratuzilma, kasbga o'qitish tizimini yo'lga qo'yish, ehtiyojmand oilalarga subsidiyalar ajratish, jamoat ishlariga jalb qilish kabi masalalarga mas’uldir.   

Malaka oshirish kurslari joriy yilning 21 apreliga qadar davom etadi.