• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Oliy maktab va ODU (AQSh) o'rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o'rinlarda - Oliy maktab) zimmasiga yuklatilgan muhim vazifalardan biri bu – yurtimizda oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish, ilg'or xalqaro tajribani o'quv jarayoniga keng joriy etish, dunyoning yetakchi ta'lim muassasalari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish  hisobiga ilmiy-pedagogik kadrlar malakasini oshirish.

2021 yil 26 aprel kuni, Oliy maktab direktorining o’rinbosari - Sh. N. Isakulov boshchiligidagi delegasiyaning AQSHga tashrifi doirasida, Virginia shtati, Norfolk shahrida joylashgan Old Dominion Universiteti (keyingi o'rinlarda–ODU) rahbariyati bilan rasmiy uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ta'kidlash joizki, bu ikki oliy o'quv yurtlari vakillarining birinchi, boshlang'ich uchrashuvi bo'lib juda yuqori saviyada tashkil qilindi. Uchrashuvdan ko’zlangan asosiy maqsad - xalqaro AQSH ta’lim tizimi va tajribasini Oliy maktabda keng joriy qilish.

Xususan, uchrashuv doirasida ikki tomon o’rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, akademik materiallar va akademik nashrlar almashinuvi, o'quv rejalari va o'quv dasturlarini ishlab chiqish, tadbirkorlik sohasida  tadqiqotlar va nashrlar ustida ishlash,  ilmiy tadqiqotlar o'tkazish, tinglovchilar, professor-o'qituvchilar va ma'muriy xodimlar o’rtasida o'zaro malaka oshirish (stajirovka) qo’shma dasturlarini yo’lga qo’yish, qisqa muddatli qo'shma kurslarni joriy etish, xalqaro tadbirkorlik bo'yicha mahorat darslari, ma’ruzalar, konferensiyalar va boshqa ilmiy-ta'limiy tadbirlarni o'tkazish kabi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlik o'rnatish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida o'zaro xalqaro anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu hujjat Ikki mamlakat muassasalari o'rtasida ta'lim sohasida samarali hamkorlikning huquqiy asosini yaratadi. Shu asosda yaqin kelajakda qulayligi va o'ziga xosligi bilan ajralib turadigan qo'shma ta'lim dasturlarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun:

Old Dominion universiteti – 1930 yilda tashkil etilgan bo’lib, AQSHninng Virginiya shtati Norfolk hahrida joylahgan davlat tadqiqot universitetidir. Bugungi kunda dunyoning eng yaxshi universitetlarining 5% qismiga kiradi. ODU doktorlik universitetlari va yuqori ilmiy tadqiqotlar ma'nosini anglatuvchi R2 deb tasniflangan universitetlar qatoriga kiradi. ODU bakalavriat, magistrlar, ta'lim bo'yicha mutaxassis va doktorlik darajalarini berish uchun Janubiy kollejlar va maktablar kollejlari komissiyasi (SACS / COC) va Strom biznes kolleji AACSB tomonidan akkreditatsiyadan o'tgan. Batten muhandislik va texnologiya kolleji tomonidan akkreditatsiyadan o'tgan ABET muhandislik akkreditatsiyasi komissiyasi xisoblanadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, ODU tadqiqot va tadbirkorlik yo’nalishlarida ajralib turadigan nufuzli universitetlardan biridir.