• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB PROFESSOR-O'QITUVCHILARI UCHUN TASHKIL QILINGAN MA'RUZALAR

2020 yil 14 yanvar kuni Handong Global Universiteti va Konkuk universiteti delegatsiyalari tashrifi doirasida Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi professor-o'qituvchilari uchun o’zlarining ma'ruzalari bilan qatnashishdi.

Birinchi bo’lib Handong Global universiteti professori Bomxa Ji (Beomha Jee) «Amerika biznes maktablarining eng yaxshi amaliyotlari va strategiyalari» mavzusidagi taqdimoti bilan qatnashdi.

O’z ma'ruzasida AQShning etakchi biznes maktablarida MBA dasturining o'ziga xos xususiyatlariga e'tibor qaratdi. Biznes maktablarining o'zgaruvchan sharoitlarga moslashish va imkoniyatlarini kengaytirishda yuzaga keladigan muammolar haqida batafsil ma'lumot berildi. AQShda 2019 yilda e'tibor berish kerak bo'lgan MBA dasturlarining eng yaxshi amaliyotlari va asosiy 6 ta tendentsiyani, xususan, avtomatlashtirish, robototexnika va sun'iy idrok, katta ma'lumotlarni tahlil qilish, dizayn-fikrlash, moliyaviy texnologiyalar va xavfsizlik masalalariga e'tibor qaratishga qaratilgan narsalarni taqdim etdi.

So’ng, «AACSB xalqaro akkreditatsiyasi va biznes maktablari uchun uning ahamiyati» mavzusidagi taqdimot bilan Konkook universiteti professori - Yon Kim (Yong Kim) xam o’z chiqishi bilan qatnashdi.

Hozirgi kunda akkreditatsiya nima uchun dolzarbligi, ACSB akkreditatsiyasining standartlari va xarajatlari haqida gapirdi.  Shuningdek, akkreditatsiya qilishning umumiy jarayonlari, ta'lim muassasasini sifatli baholash bosqichlari, sifatli ta'lim berishning tan olinishi haqida so'zlab berdi.

Tadbir juda samarali bo'lib, uning so’ngida  esdalik uchun umumiy fotosuratga tushish bilan yakunlandi!