• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

“DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI SOHASIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH” MAVZUSIDA MAXSUS SEMINAR

Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha izchil choralar  va asosiy yo‘nalishlarga alohida e‘tibor qaratilmoqda.

         Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamkorligida vazirlik tizimidagi davlat xizmatchilari ishtirokida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha maxsus o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

         Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori, yuridik fanlar doktori, professor Foziljon Otaxonov “Davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Tadbirda oflayn va onlayn formatda 200 dan ortiq vazirlik tizimidagi xodimlar ishtirok etishdi.

         Ma’ruzada jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir
chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni yaratish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish,  tizimining samaradorligini oshirish, davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvi, daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash va bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.