• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

BOSHQARUV ORGANI VAKILLARI UCHUN SEMINAR-TRENINGNI TO'RTINCHI KUNI

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida 2021 yil 11-26 yanvar kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) hokimlarining birinchi o'rinbosarlarining saviyasi va malaka darajasi oshirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etilgan.

Joriy yil 14 yanvar kuni seminar-treningni 4-kuni o'z yakuniga etdi. Unda hududlar kesimida tashkil qilangan 1-guruh (Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlari) hokimlarining birinchi o'rinbosarlari ishtirok etishdi.

Seminar-trening ishtirokchilari Toshkent shahrida so'nggi yillarda tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda bunyodkorlik ishlari bilan tanishishdi. Xususan, Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi “Texnopark” hududida amalga oshirilgan loyihalar, Mirzo-Ulug'bek tumanida ko'p qavatli uylar va mahalla guzarlari binolarida amalga oshirilgan kichik tadbirkorlik loyihalari, “Toshkent Siti” majmuasida olib borilayotgan qo'rilish loyihalari va yangi ishga tushirilgan er-usti metro yo'liga tashrif buyurishdi.

Seminar–trening yakunida mazkur o'quv mashg'ulotlarida ishtirok etib, o'z bilim va malakalarini oshirgan hokimlarining birinchi o'rinbosarlariga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Eslatib o'tamiz, 2-guruh ishtirokchilari (Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari) hokimlarining birinchi o'rinbosarlari uchun Semir-trening 2021 yil 15-18 yanvar kunlari bo'lib o'tadi.