• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

BIZNESDA MUVAFFAQIYAT VA MAG’LUBIYAT OMILLARI

Joriy yilning 14 dekabr sanasi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida «Biznesni samarali boshqarishda muvaffaqiyat va mag’lubiyat omillari» mavzusida mahorat darsi bo'lib o'tdi.

Spiker sifatida, yurtimizdagi ko’zga ko’ringan va muvaffaqiyatga erishgan tadbirkor, Dekos.uz va Deli.uz kompaniyalari, shuningdek, "M faktor" loyihasi asoschilaridan biri bo’lgan Husan Mamasaidov ishtirok etdi.

Tadbir davomida biznes sohasida qanday qiyinchiliklarga duch kelganliklari, biznesda qo’llaniladigan vositalar, oilaviy biznesda manfaatlar muvozanatini saqlash va boshqa ko'p narsalar haqida so'zlab berdi. Shuningdek, asosiy ustuvorliklarni belgilash va ularni amalga oshirish maqsadida, ishni samarali rejalashtirish bo'yicha amaliy maslahatlar berdi. O’zlarining faoliyat tajribalari, muvaffaqiyat sirlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Tadbir faxriy mehmonga mahorat darsi uchun minnatdorchilik va jamoaviy fotosurat bilan yakunlandi.