• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

BIZNESNI SAMARALI BOSHQARISHDA MUVAFFAQIYAT VA MAG’LUBIYAT OMILLARI

Joriy yilning 7 noyabr kuni, «KNOWLEDGE HUB» loyihasi doirasida, Biznes va boshqaruv respublika Oliy maktabida (keyingi satrlarda – Oliy maktab) «Biznesni samarali boshqarishda muvaffaqiyat va mag’lubiyat omillari» mavzusida mahorat darsi bo'lib o'tdi.

Spikerlar sifatida, yurtimizdagi ko’zga ko’ringan va muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar, Dekos.uz va Deli.uz kompaniyalari, shuningdek, "M faktor" loyihasi asoschilari - Hasan va Husan Mamasaidovlar qatnashishdi.

Tadbir davomida Mamasaidovlar biznes sohasida qanday qiyinchiliklarga duch kelganliklari, biznesda qo’llaniladigan vositalar, oilaviy biznesda manfaatlar muvozanatini saqlash va boshqa ko'p narsalar haqida so'zlab berishdi. Shuningdek, ular asosiy ustuvorliklarni belgilash va ularni amalga oshirish maqsadida, o'z ishlarini samarali rejalashtirish bo'yicha amaliy maslahatlar berishdi. O’zlarining faoliyat tajribalari, muvaffaqiyat sirlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Kecha yaxshi samara bergan narsa, bugun samarali bo'lmasligi mumkin, qoidalar vaqti-vaqti bilan o'zgarib turishi, hech qachon erishgan yutuqlaringizda to'xtamaslik, atrofni ijobiy fikrlaydigan odamlar bilan jamlash, yangi maqsadlarni belgilash. Har doim harakat bo’lish, o'sishdan to’xtamaslik, rivojlanish va qanday yuksak cho'qqilarni zabt etish bo’yicha Husan Mamasaidov o’z maslaxatlari bilan bo’lishdi.

O'z navbatida, Hasan Mamasaidov «Ko‘zgular mamlakatiga tushib qolgan Alisa» haqidagi hikoyadan shunday iqtibos keltirdi: “Turgan joyingda qolishing uchun tinimsiz yugurish lozim, biror joyga yetib olish uchun esa, kamida ikki barobar tezroq chopish kerak!”. Bu bilan u, hayotning jo‘shqin sur’atidan ortda qolmaslik uchun doimo harakatda bo‘lishimiz, nimagadir erishish uchun jsa, yanada ko‘proq sa’y-harakatlarni amalga oshirishimiz talab etilishini nazarsa tutdi.

Tadbir so'ngida Oliy maktab direktori Iqtisod fanlari doktori Rustam Abduraupov faxriy mehmonlarga mahorat darsi uchun minnatdorchilik bildirdi va esdalik uchun guruh bo’lib tushilgan fotosurat bilan yakunlandi.

Ta'kidlash joizki, "KNOWLEDGE HUB" loyihasi boshqaruv ko'nikmalarini rivojlantirish, amaliy bilim va tajriba almashishga qaratilgan ambitsiyali va maqsadli shaxslarni shakllantirish va birlashtirish uchun yaratilgan tashabbusdir.