• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga 2021-2022 o'quv yili uchun onlayn qabul boshlandi

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi biznes va tadbirkorlik bo'yicha respublika iqtisodiyotini rivojlantirish uchun zarur bo'lgan kadrlarni xalqaro talablar darajasida tayyorlash maqsadida, 2021-2022 o'quv yili uchun quyidagi magistratura mutaxassisliklari bo'yicha to'lov-shartnoma asosida kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllariga qabul e'lon qiladi:

5А230302 «Biznesni boshqarish(Master of Business Administration – MBA)»- o'qish muddati: 2 yil.

5А230203«Loyiha boshqaruvi (Project Management)»- o'qish muddati: 1 yil (sirtqi ta'lim uchun 1.5 yil);

5А230302 «Kapital bozori va birja ishi» - o'qish muddati: 2 yil.

 

Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar, komissiyaga veb-sayt orqali (onlayn shaklda)

Oliy maktab direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda murojaat qiladi:

- davlat boshqaruvi organlari, xo'jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik sub'ektlari birinchi rahbarlarining imzosi qo'yilgan tavsiya xati;

- oliy ma'lumot to'g'risidagi hujjatning nusxasi;

- 4x6 o'lchamdagi rangli fotosurat;

- pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);

- ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat (agar mavjud bo'lsa).

 

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar: oliy ma'lumotga va oliy ta'lim muassasasini tamomlagandan keyin kamida uch yil ish stajiga ega 45 yoshgacha bo'lgan nomzodlar suhbat va test sinovlari natijalari bo'yicha ochiq tanlov asosida qabul qilinadi.

Magistraturaga kirish uchun hujjat topshirish muddati (davri) –2021 yil 12 avgustgacha.

O'qishga hujjat topshirish faqat elektron shaklda Oliy maktabning veb-sayti orqali har kuni 24 soat mobaynida amalga oshiriladi.

Batafsil: https://rgsbm.uz/uz/menu/priem-20212022

Qabul komissiyasining ishlash jadvali:

Dushanba – Juma kunlari, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

Bog’lanish uchun telefon raqami:

+99871 2390304

Veb-sayt: https://gsbe.uz

Telegram: t.me/rgsbm_uz

Facebook: fb.com/rgsbm.uz

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko'chasi, 25 uy.