• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

BIZNES MUHIT VA KORPORATIV MADANIYAT

Joriy yilning 2 mart sanasida Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabining magistratura tinglovchilari uchun «Biznes muhit va korporativ madaniyat» mavzusiga bag’ishlangan navbatdagi mahorat darsi bo’lib o’tdi.

Mahorat darsining spikeri sifatida Oliy maktabning MBA mutaxassisligi tinglovchisi, tabiiy dorivor vositalar ishlab chiqaruvchi «AmbassadorM» kompaniyasining tasischisi va bosh direktori Musirmonova Ma’mura Nurmuhammadovna ishtirok etdi.

Master-klass korporativ madaniyat va uning elementlari, korporativ madaniyatning tarkibiy qismlari, korporativ qadriyatlar va tadbirlar kabi mavzularni o’z ichiga oldi.

Shu bilan birga, tadbir davomida o’zlarining amaliy tajribalari bilan ham o’rtoqlashdilar.