• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB TINGLOVCHILARI UCHUN MADANIY VA MA'RIFIY TADBIRLAR

Har kecha tug'iladigan va vafot etadigan hissiy san'at

Oliy maktab devorlarida o'quv jarayonidan tashqari, doimiy ravishda magistratura tinglovchilari uchun madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilib kelinadi.

Ana shunday tadbirlardan biri, mamlakatimizda eng boy tarixga ega bo’lgan bosh teatri-O'zbekiston Milliy akademik drama teatriga tashrif bo'ldi.

Bugungi kunda zamonaviy tehnologiyalar rivojlanishiga qaramasdan, insoning jonli san'atga bo’lgan qiziqishi so'nmaydi. Sahna aktyorlarining jonli ijrolari orqali beradigan energiyani, hech bir oynai jahon ekranini bera olmaydi.

"O'tgan kunlar" spektaklini tomosha qilgandan so'ng, tinglovchilar nafaqat professional aktyorlar va teatrning ajoyib atmosferasidan ilhom olishdi, balki san'at dunyosiga ham sho’ng’idilar.

Spektaklga tashrif, tinglovchilar uchun judayam manzur bo’lib, bunday tadbirlarni doimiy ravishda amalga oshirish istagi bildirildi.

 

Inson xotirasi aziz va muqaddasdir

Oliy maktab magistratura tinglovchilari Toshkent shahrining Oqsaroy qarorgohida joylashgan, birinchi Prezident Islom Abdug'aniyevich Karimov uzoq yillar ishlagan va ularning nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi. Tinglovchilar birinchi Prezidentimiz I. Karimov haykali poyiga gul qo'yishdi.

Tashrif davomida oliy maktab tinglovchilari, Islom Karimov raxbarligida mustaqil davlat sifatida O'zbekistonning qaror topishi va mustahkamlanishidagi rolini yana bir bor idrok etishga muvaffaq bo'ldilar.

Muzeyga tashrif chog’ida, O'zbekiston taraqqiyotiga bebaho hissa qo'shgan birinchi prezidentimizning portret va suratlari, tinglovchilarda, albatta unutilmas taassurotlar qoldirdi.