• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

AJOU universiteti va Oliy maktab o’rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichi

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi  (keyingi o'rinlarda - Oliy maktab) zimmasiga yuklatilgan muhim vazifalardan biri – yurtimizda oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish, ilg'or xalqaro tajribani o'quv jarayoniga keng joriy etish, dunyoning yetakchi ta'lim muassasalari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish.

2021 yil 31 mart kuni Oliy maktab va Janubiy Koreyaning AJOU universiteti nomidan Toshkentdagi AJOU universiteti o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Tomonlar magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha, shu jumladan, “Ikki diplom” modeli asosida qo‘shma dasturlar, ularni ishlab chiqish va amalga oshirish, o'quv-uslubiy materiallar, adabiyotlar, maqolalar va o‘quv dasturlari masalalari bo'yicha ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan.

Uchrashuv ikki tomon uchun juda yuqori saviyada bo’lib o'tdi. Imzolangan bitim, tomonlarning hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi.

Shu asosda yaqin kelajakda qulayligi va o'ziga xosligi bilan ajralib turadigan qo'shma ta'lim dasturlarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.