• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Yaponiyaning JICA agentligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2021 yil 27 yanvar kuni, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o'rinlarda–Oliy maktab) direktori v.v.b - I. O’. Umrzaqov boshchiligida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, JICA ko'ngillilari koordinatori - Utsumi Mariya va JICA dasturlari koordinatori - Farhod Qurbonov bilan ishchi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Asosiy ko'zlangan maqsad - Oliy maktab va JICA o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash. Uchrashuvda Oliy maktab va JICA o'rtasida ta'lim jarayoniga o'qituvchi ko'ngillilarni jalb etish, jumladan, marketing va menejment bo'yicha mutaxassislar, turli xil grantlar bo'yicha mavjud hamkorlik masalalari, Oliy maktab professor-o'qituvchilari va hodimlari uchun bepul qisqa muddatli o'quv dasturlari va kurslarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv ta'lim yo’nalishida istiqbolli qo'shma loyihalarni amalga oshirishda alohida turtki beradigan yuksak saviyada bo’lib o'tdi.

Ma’lumot uchun:

JICA - rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy, ijtimoiy o'sish bo'yicha ko'maklashadigan va xalqaro hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilgan xukumat agentligi.