• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

SOG’ TANDA SOG’LOM AQL!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktabrdagi PF-6099 sonli  “Sog'lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” chora-tadbirlari to'g'risida farmoni xamda 2018 yil 18 dekabrdagi PQ-4063 - sonli “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasini, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlarida ish kuni davomida ishlab chiqarish gimnastika mashqlarini joriy etish belgilab qo’yilgan.

Yuqoridagi farmon va qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida, ish sharoitlaridan kelib chiqib, xodimlarga ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlarini bajarishi uchun ish vaqtiga kiritilgan maxsus tanaffuslar belgilandi.

Ishlab chiqarish gimnastika mashqlari ish jarayonlari xususiyatlarini hisobga olgan holda, kun davomida 5 daqiqadan 10 daqiqagacha bajarilib kelinmoqda.

Ishlab chiqarish gimnastikasi — kishini sogʻlomlashtirish va mehnat unumdorligini oshirish maqsadida ish kuni davomida bajariladigan jismoniy mashqlar majmui xisoblanadi.