• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi

Mamlakatimizda 9-fevral – buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludi keng nishonlash an’anaga aylangan. Bu yil bobokalonimiz tavalludining 580 yilligi keng nishonlanmoqda.

Alisher Navoiy o‘zining boy ma’naviy merosi, shoh asarlari, nodir devonlari, betakror g‘azal va dostonlari bilan bashariyat tamadduni va adabiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan. Chunki alloma qalamiga mansub, yuksak mahorat va betakror so‘z san’ati ohangida yaratilgan, ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan bebaho ijod namunalari asrlar osha o‘z mazmun va sayqalini yo‘qotmay, ulkan ma’naviy meros va adabiyotimiz gultojiga aylangan.

2021 yil 9 fevral kuni, O‘zbеkiston Rеspublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznеs va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura  tinglovchilari, Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi munosabati bilan, Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy bog'ida joylashgan ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, uning haykali poyiga gul qo'yishdi.

Bunday tadbirlar, yoshlarning ma'naviy-axloqiy, qadriyatlarni e’zozlash, vatanparvarlik tuyg'usi, o'z tarixi, an'analari va ma'naviy qadriyatlariga hurmatni mustahkamlashga xizmat qiladi.