Yangiliklar

Raqobat kuchayib borayotgan sharoitda biznes ta’limini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari

23-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Raqobat kuchayib borayotgan sharoitda biznes ta’limini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

 

Tadbirda vazirlik va idoralar, shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Yangi O‘zbekiston universiteti va Bank-moliya akademiyasi kabi yetakchi ta’lim muassasalari vakillari hamda mehmon ishtirokchilar tomonidan Rossiya biznes ta’limi assotsiatsiyasi a’zolari RANXiGS, Oliy iqtisodiyot maktabi, MGIMO, RUDN, Skolkovo va boshqa nufuzli universitetlar va tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

 

Oliy maktab va Rossiya biznes-ta’lim assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan konferensiya ta’lim dasturlarining raqobatbardoshligini oshirish, o‘quv kurslarini global mehnat bozori talablariga moslashtirish yo‘llarini muhokama qilishga qaratildi.

Biznes ta’limini modernizatsiya qilishga va ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishga alohida e’tibor berildi.

 

Oliy biznes maktabi direktor o‘rinbosari Mirkomil Adilov tadbirni ochar ekan, anjuman mavzulari hozirgi zamon talablarini aks ettirishi, shu jumladan, tez o‘zgaruvchan global reallik sharoitida samarali ishlashga layoqatli mutaxassislar tayyorlash zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, u Rossiya va xalqaro yetakchi universitetlar bilan hamkorlikning strategik ahamiyatini ta’kidlab, Oliy maktabni biznes-ta’lim sohasida rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini taqdimot qildi.

 

Anjuman ishtirokchilari muvaffaqiyatli strategiya va yechimlar bilan o‘rtoqlashdilar, ta’limga samarali yondashuvlarni ishlab chiqish va joriy etish tajribalarini muhokama qildilar, shuningdek, universitetlar, biznes va davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.