• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

2023-yil 30-mart kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati faoliyati bilan tanishish uchun tashrif buyurdi.

Senatning yalpi majlislar zalida biznes boshqaruvi bo‘yicha magistratura ixtisosligi tinglovchilari bilan senatorlar uchashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash qo‘mitasi raisi, senator Odiljon Iminov, Budjet va iqtisodiy masalalar bo‘yicha qo‘mita raisi Erkin Gadoyev, Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash qo‘mitasi a’zosi, doimiy asosda ishlovchi senator Manzura Salimova tinglovchilarga moliya-iqtisod va biznes boshqaruv sohalarida olib borilayotgan islohotlarning mohiyatini tushuntirib berishdi.

Senatorlar tinglovchilarni qiziqtirgan boshqa savollarga ham batafsil javob berishdi. Shuningdek, tinglovchilarga Senat faoliyati, tarkibi, senatorlar hamda qonunchilikda bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi.