• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

2022-2023 O‘QUV YILI UCHUN BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABI VA ADJU UNIVERSITETI HAMKORLIGIDA MAGISTRATURA «IT BUSINESS” MUTAXASSISLIGI BO‘YICHA “IKKI DIPLOM” (DUAL DEGREE) XALQARO DASTURIGA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.07.2021 yildagi 421-son qaroriga asosan, qo‘shma taʼlim dasturlari asosida 2022/2023 o‘quv yili uchun o‘qishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi.

-talabgor nomzodlarni o‘qishga qabul qilishdagi birinchi bosqich Oliy biznes maktabining 2022-yil 11-oktabrdagi 125-T-sonli buyruq bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq  Oliy maktab qabul komissiyasi tomonidan suhbat shaklida amalga oshiriladi.

-qo‘shma taʼlim dasturida o‘qitish olib boriladigan chet tili bo‘yicha magistraturada kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar ikkinchi bosqichda chet tilidan o‘tkaziladigan imtihondan ozod etiladi va ularga mazkur bosqich uchun maksimal ball beriladi, hamda sertifikatga ega bo‘lmagan nomzodlar davlat test markazi tomonida ingliz tilidan test sinovlari o‘tkaziladi.

          Qabul komissiyasining ishlash jadvali:

         Birinchi bosqichda magistraturaga kirish Komissiya aʼzolari tomonidan nomzodlar bilan suhbat (ish faoliyati, rahbarlik, boshqaruv bo‘yicha bilim ko‘nikmalariga oid) 2022-yil 14-noyabr kuni soat 15:00 da  onlayn (zoom) orqali bo‘lib o‘tadi.

         Ikkinchi bosqichda davlat test markazi tomonida ingliz tilidan test sinovlari 15-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi, test o‘tkazish vaqti bo‘yicha maʼlumot qo‘shimcha beriladi. (talabgorning shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki ID kartalari nusxalarini oldindan qabul komissiyasiga taqdim etishlarini so‘raymiz)

 

         Batafsil maʼlumot: +99871 2390302, +998 97 7730555; +99871 2390303.

         Veb-sayt: https://rgsbm.uz

         Telegram: t.me/rgsbm_uz

         Instagram: instagram.com/gsbe.uz

         Facebook: fb.com/rgsbm.uz

         Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25 uy.