• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY BIZNES MAKTABI VA ICA HAMKORLIGIDA TASHKIL ETILGAN O’QUV KURSI TINGLOVCHILARIGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

Xabaringiz bor 2022 yil sentabr oyidan boshlab Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Xalqaro Komplayens Assotsiatsiyasining (International Compliance Association – ICA) eksklyuziv hamkori sifatida onlayn malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘ygan.

Ushbu kurslar yakuni bo`yicha test sinovlaridan muvaqqiyatli oʻtgan tinglovchilarga, nufuzli sanaladigan xalqaro toifadagi ICAning muvofiqlik asoslari malaka sertifikati jami 44 nafar rahbar va mutaxassislarga topshirildi. Bular qatorida Oliy biznes maktabi direktori o`rinbosari B.A.Xolbayev va bo`lim boshlig`I  X.A.Usmanovlar ham bor.

Uch oy davom etgan oʻquv mashgʻulotlarida, tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini tartibga solish, bunda xatarlarni boshqarish va muvofiqlashtirish, tahdid solishi mumkin bo‘lgan holatlarni oldindan nazorat qilish, korrupsion xavf-xatarlarni aniqlash va tahlil qilish, shuningdek, muassasaning investitsion jozibadorligini oshirish, faoliyatining ochiqligi (shaffofligi)ni taʼminlash kabi sohaning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha bilim va koʻnikmalar berildi.

Shuningdek, ICA komplayens boʻyicha mutaxassislarni birlashtiruvchi yagona xalqaro tashkilotdir. Uning faoliyati asosan jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish va moliyaviy firibgarlikning oldini olish boʻyicha kompleans nazorati mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan.

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, 2021-yil 2-martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 114-sonli qarori raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini ta’minlash, qonun talablarining buzilish xavfining oldini olish, ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimi (monopoliyaga qarshi komplaens) va biznes yuritishning korporativ standartlarini joriy etishga oid samarali tizimni tashkil etish maqsadida qabul qilingan.

Ushbu hujjatga ko‘ra, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xodimlarida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining oldini olish va muntazam ravishda ushbu yo‘nalish bo‘yicha ularning malakasini oshirish yuzasidan o‘qitish yo‘li bilan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga doir fikrlarini rivojlantirish belgilab qo‘yilgan.