• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Yangiliklar

Bugun 17 mart kuni Biznes oliy maktabida “Dugonalar” nogiron ayollar jamiyati uchun seminar trening tashkil etildi

Bugun 2023 yil 17 mart  Biznes oliy maktabida  “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikka va o‘zini-o‘zi band qilish faoliyatiga jalb qilish hamda ular uchun ijtimoiy ta'minotga oid axborot va maslahat berib ularning xuquqiy ongini oshirish” mavzusiga bag‘ishlangan seminar treningi bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida, Mamlakatimizda olib brilayotgan isloxotlar jumladan, Gender tenglik, Xotin-qizlarning muammolarini hal qilish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash davlatimiz siyosatining eng ustuvor masalalari shu jumladan, “Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini hal qilish, ularni kasbga va tadbirkorlik ko‘nikmalariga  o‘qitish, bandligini ta'minlash, shu orqali jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash  bo‘yicha amaliy va keys mashg‘ulotlaridan foydalanildi.

Ushbu seminarga Oliy maktabning yuksak bilim va tajribaga ega bo‘lgan  professor-o‘qituvchilari jalb etilib, darslar yuqori darajada bo‘lib o‘tdi.