Yangiliklar

OCHIQ MA'LUMOTLARNING OZBEKISTONNING RIVOJLANISHIDAGI ROLI

Joriy yilning 30 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish Vazirligi tomonidan BMT taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Ochiq ma'lumotlarga bo'lgan extiyoj: muammolar va imkoniyatlar" mavzusida Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Tadbirdav Jahon Banki ekspertlari, qator vazirlik va idoralar vakillari, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Jahon Bankining raqamli hukumat bo'yicha maslahatchilari Vlad Manoil va Stela Leuka o’z ma’ruzalari bilan qatnashishdi.

Davra suhbatida, O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portalida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo'yicha statistik ma'lumotlarning ochiqligi va ishonchliligi (data.gov.uz), normativ-huquqiy bazani soddalashtirish, iqtisodiy o'sishga xizmat qiladigan ochiq va yopiq bo'lgan ma'lumotlarni aniq tasniflash orqali, ma'lumotlardan foydalanishda to'siqlarni bartaraf etish bo'yicha mavzu chuqur muhokama qilindi.

Ochiq ma'lumotlar mamlakatga qo'shimcha iqtisodiy foyda olish, yillik ko'rsatkichlarni taqqoslash va ta'kidlaganidek, iqtisodiyotning o'sish sur'atlarini baholashga yordam beradi – deb ta’kidladi Jahon Bankining raqamli hukumat bo'yicha katta maslahatchisi Vlad Monial.

Stela Leukaning ta'kidlashicha, O'zbekistonda ochiq ma'lumotlar nashr etilishining sezilarli yaxshilanishiga qaramasdan, so'nggi 3 yil ichida ochiq axborotlardan foydalanish bo’yicha davlat organlari tomonidan jiddiy qarshilikka duch kelinmoqda.

Bugungi kunda, mamlakatimizda BMTTD, YXHT va qator xalqaro moliya institutlari ekspertlari ishtirokida mutlaqo ochiq bo'lgan yangi ekotizimni yaratish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi mavqeini yanada yaxshilash maqsadida, joriy yilda O'zbekiston Respublikasining ochiq ma'lumotlarni yanada rivojlantirish konsepsiyasi, "Ochiq ma'lumotlar global indeksi", "Ochiq ma'lumotlar barometri" va "Yo'l xaritasi" loyihalarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Suhbat yakunida ishtirokchilar mamlakatimizda ochiq ma'lumotlar resurslarini rivojlantirish yuzasidan fikr va takliflar bilan almashishdi.