• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

MAGISTRLIK DIPLOMLARI О‘Z EGALARIGA TANTANALI RAVISHDA TOPSHIRILDI

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabida (keyingi o‘rinlarda – Oliy maktab), “Loyiha boshqaruvi” (Project Management - PM) va “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish” (Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik) magistratura mutaxassisliklari kunduzgi va sirtqi ta‘lim yo‘nalishlari bo‘yicha diplom topshirish marosimi tantanali ravishda va bayramona ruhda o‘tkazildi.

Marosimda Oliy maktab rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilarning yaqinlari va OAV vakillari ishtirok etdilar.

Madaniy–ma'rifiy tadbir O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi. Marosimni Oliy maktab direktor o’rinbosari – Ph.D. Bahrom Xolbayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Uzoq, mashaqqatli va ayni damda sharafli ilm yo‘lini bosib o‘tgan 47 nafar magistratura bosqichi bitiruvchilariga hayotlaridagi muhim bosqichlardan biri muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabriklab, barchalariga kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tiladi.

Tadbir tantanali diplom topshirish, musiqiy tanaffus va umumiy fotosessiya bilan yakunlandi.

Barcha bitiruvchilarga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!