• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

KONSTITUSIYAGA BAG'ISHLANGAN MA'NAVIY-MA'RIFIY BAYRAM TADBIRI BO'LIB O'TADI

Asosiy Qonunimiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni chog'da sharafli solnomasiga nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, O'zbekiston Konstitusiyasi xalqimizning mustaqillik sari uzoq yo'ldagi izlanishlari natijasi ekaniga komil ishonch hosil qilamiz. Yigirma sakkiz yildirki, Konstitusiyamiz hammamiz orzu qilgan mustaqil, adolatli, demokratik va fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun huquqiy asos vazifasini sharaf bilan bajarmoqda.

Shu munosabat bilan, 2020 yil 5 dekabr kuni, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida, O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi qabul qilinganligining 28 yilligini munosib nishonlash maqsadida ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbiri bo'lib o'tadi.

Mazkur tadbirga, Konstitusiyamizning yaratilishida ishtirok etgan shaxslardan biri, ko'p yillar davomida O'zbekiston davlat boshqaruvi idoralarida va boshqa yuqori lavozimlarda ishlagan, siyosiy fanlar doktori, professor, qadimgi dunyo Fanlar akademiyasi va Turon Fanlar akademiyasining akademigi - Narzulla Jo'raev taklif qilingan.

Shuningdek, ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbiriga shoir Bobur Bobomurod va respublikamizdagi taniqli san'atkor-xonandalar ham taklif etilgan.