• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTABDA TANTANALI DIPLOM TOPSHIRISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 31 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabida (keyingi o’rinlarda – Oliy maktab), “Biznesni boshqarish (Master of Business Administration – MBA)”, “Loyiha boshqaruvi” (Project Management - PM), “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish” (Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik) magistratura mutaxassisliklari bo'yicha diplom topshirish marosimi tantanali ravishda va bayramona ruhda o’tkazildi.

Marosimda O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, Oliy maktab rahbariyati, professor-o'qituvchilar, bitiruvchilarning yaqinlari va OAV vakillari ishtirok etdilar.
Madaniy–ma'rifiy tadbir O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi. Marosimni Oliy maktab direktor o’rinbosari – Ph.D. Bahrom Xolbayev kirish so'zi bilan ochib berdi.

Uzoq, mashaqqatli va ayni damda sharafli ilm yo'lini bosib o'tgan 64 nafar magistratura bosqichi bitiruvchilariga hayotlaridagi muhim bosqichlardan biri muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabriklab, barchalariga kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tiladi.

Tadbir tantanali diplom topshirish, musiqiy tanaffus va umumiy fotosessiya bilan yakunlandi.
Omad yor bo‘lsin Sizlarga, Oliy maktab bitiruvchi magistrlari!