• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Biznesni boshqarish (Master of Business Administration – MBA)

Biznesni boshqarish (Master of Business Administration – MBA) dasturi barcha soha va yo'nalishlar uchun oliy va yuqori malakali rahbar kadrlar tayyorlash bo'yicha jahonda universal ta'lim dasturi deb tan olingan. Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining MBA dasturi bu - dunyodagi e'tirof etilgan standartlar va mahalliy ishbilarmonlik  muhitining o'ziga xos hususiyatlarini hisobga olgan holda, ushbu sohadagi yetakchi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan  innovatsion amaliy dasturdir.

Kimlar uchun? 

Dastur mutaxassislar, tadbirkorlar va yuqori darajadagi boshqaruvchilar, iqtisodiy boshqaruv organlari, kasbiy o'sishga qiziqqan, yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish, strategik fikrlash, shuningdek sifat jihatdan kelajakda yangi rivojlanish bosqichini izlayotgan universitet bitiruvchilari uchun mo'ljallangan.

 Dasturning maqsadi:

- Zamonaviy biznes modellarini o'rganish;

- O'quv jarayonida materiallarni amaliy jihatdan mustahkamlash uchun tinglovchilarni zarur vositalar bilan ta'minlash;

- Biznes boshqaruvida muvaffaqiyatli kar'yera uchun tinglovchilarni tayyorlash.

Dasturning afzalliklari:

- O'qish va ishning bir vaqtning o'zida olib borish imkoniyati bilan modulli ta'lim tizimi yo'lga qo'yilganligi;

- Sohadagi yetakchi amaliyotchi mutaxassislar, professor o'qituvchilar, fan nomzodlari va kuchli pedagog kadrlar tomonidan beriladigan ta'lim;

- Dunyoning rivojlangan mamlakatlar ta'lim muassasalaridan taklif qilingan professor o'qituvchilarni ta'lim jarayonlariga  jalb etish;

- Respublika va horijiy mamlakatlar mutaxassislari  ishtirokidagi muammoli - maqsadli muhokamalar, davra suhbatlari, konferentsiyalar, simpoziumlarning o'tkazilishi;

- Hamkorlik dasturi asosida chet elda o'qitish imkoniyati.

Dasturning o'ziga hos hususiyati shundaki, u amaliy faoliyatga asoslangan va tinglovchilarga biznes boshqaruvini rivojlantirishning yangi usullarini kashf qilishda innovatsion yechimlar va usullarni ishlab chiqishda yordam beradi.

 Qabul to'lov kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 

2021 yil qabuli magistratura dasturlari 

Biznesni boshqarish (Master of Business Administration – MBA) 
1-SEMESTR
Asosiy fanlar
Nomi Kredit
1) Biznes ingliz tili 4
2) Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi 4
3) Boshqaruv iqtisodiyoti 4
4) Moliyaviy va boshqaruv hisobi 4
  16
Tanlov fanlari (3 tasini tanlang)
1) Inson resurslarini boshqarish 2
2) Boshqaruvchilar uchun ma'lumotlar tahlili  2
3) Amaliy loyihaviy boshqaruv 2
4) Biznesni rejalashtirish asoslari 2
5) Elektron tijorat 2
  6
Ilmiy faoliyat
1) Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash 2
2) Ilmiy seminar  2
3) Ilmiy-amaliy  ish 4
  8
Jami: 30
2-SEMESTR
Asosiy fanlar
1) Biznes ingliz tili 4
2) Umumiy menejment 4
3) Korporativ moliya 6
4) Operatsion menejment 4
  18
Tanlov fanlari (3 tasini tanlang)  
1) Boshqaruv faoliyati psixologiyasi 2
2) Dinamikalar tizimi va modellashtirish 2
3) Innovatsiyalarni boshqarish  2
4) Xalqaro biznes 2
  6
Ilmiy faoliyat
1) Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash 2
2) Ilmiy seminar  2
3) Ilmiy-amaliy  ish 2
  6
Jami: 30
3-SEMESTR
Asosiy fanlar
1) Marketing menejmenti 4
2) Biznesning raqamli transformatsiyalashuvi 4
3) Zamonaviy korporativ boshqaruv amaliyoti 4
  12
Tanlov fanlari (1 tasini tanlang)  
1) Tanlov fani 2
Ilmiy faoliyat
1) Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash 12
2) Ilmiy seminar  2
3) Ilmiy-amaliy ish 2
  16
Jami: 30
4-SEMESTR
Ilmiy faoliyat
1) Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash 14
2) Ilmiy seminar  2
3) Ilmiy-amaliy  ish 2
4) Ilmiy amaliyot (stajirovka) 12
Jami: 30
HAMMASI: 120