• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

MHXS o'quv kursi (DipIFR rus.)

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda - “Oliy maktab”) tinglovchilarni “Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari (MHXS): АCCА ning DipIFR (rus.) malakasi” (keyingi o‘rinlarda - “АCCА DipIFR”) o‘quv kursiga taklif qiladi.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) - bu butun dunyo bo‘ylab moliyaviy hisobotlarda izchillik va shaffoflikni ta’minlaydigan Xalqaro Buxgalteriya Standartlari Kengashi (IASB) tomonidan chiqarilgan umumiy qoidalar to‘plamidir. MHXS umumiy buxgalteriya tilini yaratishga va korxonalar o‘z hisoblarini qanday yuritishi va hisobot berishi kerakligini, operatsiyalar turlarini va moliyaviy ta’sirga ega bo‘lgan boshqa hodisalarni belgilashga imkon beradi.

Sertifikatlangan diplomli buxgaltyerlar xalqaro assotsiatsiyasi (ACCA) - bu butun dunyodagi professional buxgalterlarni birlashtirgan, Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan eng yirik va eng tez rivojlanayotgan buxgalteriya tashkiloti. ACCA malakasi, buxgalteriya asoslari, xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom kabi bir qancha nomlarni taklif etadi. Ushbu malakalar butun dunyodagi buxgalteriya hisobi va moliya sohasi bitiruvchilari va mutaxassislariga o‘z kasblarining moliyaviy jihatlari va oqibatlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

“АCCА DipIFR” o‘quv kursining dasturi bank va moliya sohalari mutaxassislariga MHXS bo‘yicha bilimlarini rivojlantirishga imkon beradi. 113 dan ortiq mamlakatlardagi kompaniyalar (Yevropa Ittifoqi ham) o‘zlarining moliyaviy hisobotlarini MHXSga muvofiq amalga oshiradilar va Avstraliya, Gonkong va Janubiy Afrika kabi mamlakatlar allaqachon Umumiy Qabul qilingan Buxgalteriya Prinsiplari (GAAP) sifatida MHXS yoki ularning ekvivalentlarini qabul qilishgan.

Ushbu dastur tinglovchilarning MHXS bo‘yicha bilimlari va tushunchalarini rivojlantirish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, tinglovchilar ularni qanday qo‘llashni, shuningdek ularga asos bo‘lgan tushunchalar va tamoyillarni o‘rganadilar.

O‘quv kursni muvaffaqiyatli topshirgandan so‘ng, nomzodlar quyidagilarga ega bo‘ladi:

  • MHXS ning asosiy tamoyillarini tushunish va tushuntirish;
  • Moliyaviy hisobotning asosiy elementlariga zarur xalqaro standartlarni qo‘llash;
  • Moliyaviy hisobot va eslatmalarni tayyorlash bilan bog‘liq holda oshkor etish talablarini aniqlash va qo‘llash;
  • Alohida MHXS va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida individual kompaniyalarning moliyaviy hisobotlarini tayyorlash;
  • Korxonalar guruhlarining moliyaviy hisobotlarini (guruhlarning pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotdan tashqari), shu jumladan sho‘’ba korxonalar, assotsiatsiyalangan va qo‘shma korxonalarni tayyorlash.

“АCCА DipIFR” o‘quv kursida qatnashish uchun tinglovchi moliya, buxgalteriya hisobi yoki audit sohasida 3 yillik tajribaga ega bo‘lishi kerak.

To‘lovlar,  o‘tkazilishi va sanalari

Yuzma-yuz shaklda “АCCА DipIFR” o‘quv kursida qatnashish narxi har bir tinglovchi uchun 5 500 000 so‘mni tashkil etadi[1] (amaldagi barcha soliqlarni hisobga olgan holda). Davomiyligi 80 soat (9 hafta) bo‘lib, ushbu o‘quv kurs xar dushanba, seshanba va payshanba kunlari, soat 19:00 – 22:00 da Oliy maktab binosida o‘tkaziladi. Kursning boshlanish sanasi 2021 yil aprel oyining birinchi haftasiga rejalashtirilgan.

“АCCА DipIFR” o‘quv kursi biznes trener Oksana Ognevchuk tomonidan olib boriladi. Oksana Ognevchuk 2013 yilda tegishli imtihonni muvaffaqiyatli topshirib ACCA DipIFR diplomiga ega bo‘lgan. U moliyaviy boshqaruv, shu jumladan  byudjetni shakllantirish, buxgalteriya hisobi tizimlarini joriy etish va yuritish, MHXS asosida hisobotlarni taqdim etish va xarajatlarni optimallashtirish sohalarida hamda moliyaviy hisobotni tayyorlash va DipIFR Rus kabi ko’plab kurslarda dars berish buyicha 20 yildan ortiq amaliy tajribaga ega, yuqori toifali trener xisoblanadi.

O‘quv kursining dasturi

Mavzular nomi

 
 

Modul 1.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga kirish

 

Modul 2.

Moliyaviy hisobotni taqdim etishning nazariy asoslari

 

Modul 3.

Moliyaviy hisobot taqdimoti

 

Modul 4.

Buxgalteriya siyosati, buxgalteriya bahosidagi o‘zgarishlar va xatolar

 

Modul 5.

MHXSning ilk qo‘llanilishi

 

Modul 6.

Mijozlar bilan tuzilgan shartnomalardan olinadigan daromad

 

Modul 7.

Qimmatli qog’ozlar

 

Modul 8.

Hisobot davridan keyingi tadbirlar

 

Modul 9.

Asosiy vositalar

 

Modul 10.

Qarz olish xarajatlari

 

Modul 11.

Davlat subsidiyalarini hisobga olish va hukumat yordamini oshkor qilish

 

Modul 12.

Qishloq xo‘jaligi

 

Modul 13.

Ijara haqi

 

Modul 14.

Aktivlarning qadrsizlanishi

 

Modul 15.

Nomoddiy aktivlar

 

Modul 16.

Investitsiya mulki

 

Modul 17.

Rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar

 

Modul 18.

Daromad solig‘i

 

Modul 19.

Moliyaviy vositalar

 

Modul 20.

Valyuta kurslarining o‘zgarishi ta’siri

 

Modul 21.

Korxonalarni birlashtirish, konsolidatsiyalangan va alohida moliyaviy hisobotlar, assotsiatsiyalarga, qo‘shma korxonalarga investitsiyalar

 

Modul 22.

Qarindosh tomonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilish

 

Modul 23.

Har bir aksiya uchun daromad

 

Modul 24.

Xodimlarga imtiyozlar

 

Modul 25.

Aksiyalar asosida to‘lovlar

 

Modul 26.

Sotish uchun ushlab turilgan va to‘xtatilgan operatsiyalar

 

Modul 27.

Yer osti boyliklarini qidirish va baholash

 

Modul 28.

Faoliyat segmentlari

 

Modul 29.

Adolatli qiymatni o‘lchash

 

Modul 30.

Kichik va o‘rta korxonalar uchun hisobot berish talablari

 

Modul 31.

O‘tgan test savollarini ko‘rib chiqish

 

 

Yakuniy sinov

 

 

[1] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26 yanvar 2021 yildagi №38-sonli qaroriga ko‘ra, kurs bo'yicha o'qitish xarajatlarini subsidiya qilish tartibiga muvofiq, Oliy maktab tomonidan xarajatlarni qoplab berish bo'yicha tegishli idoraga so‘rov yuboriladi. Ijobiy javob olinganidan so‘ng, subsidiya qilingan to‘liq qismi tinglovchi (tashkilot) ga qaytarib beriladi. Batafsil ma‘lumot olish uchun yuqoridagi qaror bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

ACCA global miqyosda imtihonlarni yilda ikki marta o‘tkazadi:

2021-yil 11-iyun - talabalarni ro‘yxatdan o‘tkazish 10-noyabrdan 5-aprelgacha davom etadi, imtihonlarni ro‘yxatdan o‘tkazish - 26 aprelgacha;

2021-yil 10-dekabr - talabalarni ro‘yxatdan o‘tkazish 4-maydan 11-oktabrgacha, imtihonlarni ro‘yxatdan o‘tkazish - 2 noyabrgacha.

Imtihonni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qo‘shimcha ma‘lumotni https://www.accaglobal.com/russia/ru/qualifications/dipifr-rus/how-to-register.html havoladan olishingiz mumkin.

DipIFR imtihoni 3 soat 15 daqiqa davom etadi va yiliga ikki marta - iyun va dekabr oylarida - ACCA imtihon markazlarida topshiriladi.

Imtihonning o‘tish ballari 50% ni tashkil qiladi.

Imtihonda keltirilgan topshiriqlar nomzodning hisoblash va tahliliy ko‘nikmalarini sinash uchun mo‘ljallangan. Ko‘rsatmalarni o‘qish uchun imtihon vaqtidan tashqari 10 daqiqa qo‘shiladi, 10 daqiqadan so‘ng imtihon avtomatik ravishda boshlanadi va 3 soat 15 daqiqa kamayish tartibida hisoblanadi.

Imtihon 4 savoldan iborat. Har bir savol uchun maksimal 25 ball.

Imtihon quyidagi savollardan iborat:

  • 1-savol bir yoki bir nechta konsolidatsiyalangan hisobotlarni tayyorlashni o‘z ichiga oladi. Ko‘pincha savol to‘g‘ridan-to‘g‘ri konsolidatsiyalangan hisobotlarni tayyorlashga o‘tishdan oldin hal qilinishi kerak bo‘lgan vazifalarni o‘z ichiga oladi.
  • 2-savol ko‘pincha ma’lum bir ssenariyni taklif qiladi va tegishli hisob siyosatini tanlashga va turli jihatlarni oshkor qilishga tegishli. Ushbu savolda talabnoma beruvchilardan ssenariyda ko‘rsatilgan shartlarni hisobga olgan holda rahbariyat tanlagan buxgalteriya siyosati to‘g‘risida fikr bildirishi va eng maqbulini belgilashi so‘ralishi mumkin.
  • 3-savol, odatda, ma’lum bir xalqaro moliyaviy hisobot standart talablariga qaratilgan bo‘ladi. Bu savol odatda standart asosidagi tamoyillarni tushuntirish va ushbu prinsiplarni amalda qo‘llash bilan bog‘liq.
  • 4-savol, odatda, nomzodlarga moliyaviy hisobot bilan bog‘liq bo‘lgan rahbariyat tomonidan bir qator savollar beriladigan ssenariyni o‘z ichiga oladi.

DipIFR imtihoni haqida ko‘proq ma‘lumotni ACCA rasmiy veb-saytidan olishingiz mumkin: https://www.accaglobal.com/russia/ru/qualifications/dipifr-rus.html

Hujjatlarni onlayn topshirish

Ilova qiling