• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Loyiha boshqaruvi (Project Management)

«Loyiha boshqaruvi (Project Management)» - boshqaruv faoliyatida muvaffaqiyatli kar'yera qurishga qaratilgan. Bugungi barqaror iqtisodiyotda doimiy o'zgarishlarga ega bo'lgan, malakali tarzda o'rnatilgan  boshqaruv faoliyati - muvaffaqiyatli biznesning kalitidir. Shuni ham unutmaslik kerakki, loyihaviy boshqarish tamoyillari va vositalari iqtisodiyotning xususiy va davlat sektorida keng qo'llaniladi.

Kim uchun?

Magistirlik dasturi xo'jalik boshqaruvi organlari, aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa tadbirkorlik sub'yektlari uchun mo'ljallangan. Bitiruvchilarga, faqat boshlang'ich kasblarga va kelgusida o'qish uchun professional bilimlarni chuqurlashtirishni istagan mutaxassislarga mos keladi.

Dasturning maqsadi:

- Tinglovchilarni loyiha va ta'minotni boshqarish sohasidagi muvaffaqiyatli kar'yera uchun tayyorlash;

- Samarali korporativ boshqaruvi, yuqori darajadagi biznes etiketi uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni rivojlantirish.

Dasturning afzalliklari:

- O'qish va ishning bir vaqtning o'zida olib borish imkoniyati bilan modulli ta'lim tizimi yo'lga qo'yilganligi;

- Sohadagi yetakchi amaliyotchi mutaxassislar, professor o'qituvchilar, fan nomzodlari va kuchli pedagog kadrlar tomonidan beriladigan ta'lim;

- Dunyoning rivojlangan mamlakatlar ta'lim muassasalaridan taklif qilingan professor o'qituvchilarni ta'lim jarayonlariga  jalb etish;

- Respublika va horijiy mamlakatlar mutaxassislari  ishtirokidagi muammoli - maqsadli muhokamalar, davra suhbatlari, konferentsiyalar, simpoziumlarning o'tkazilishi;

- Hamkorlik dasturi asosida chet elda o'qitish imkoniyati.

Dasturning muhim hususiyati shundaki, tinglovchilar strategik rejalashtirish, loyiha ekspertizasi, loyihani modellashtirish, biznes jarayonlarini boshqarishning asosiy poydevoriga ega bo'lishadi. Bu esa amaliyotda metodologiyani samarali qo'llash uchun yaxshi zamin yaratadi.

Qabul to'lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

 

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 

2021 yil qabuli magistratura dasturlari 

«Loyiha boshqaruvi (Project Management)»
1-SEMESTR
Asosiy fanlar
Nomi Kredit
1) Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi 2
2) Biznes ingliz tili 2
3) Loyihaviy boshqaruvning asoslari 4
4) Loyihaviy moliyalashtirish 2
5) Biznesning raqamli transformatsiyalashuvi 2
6) Loyihaviy boshqaruvning metodologiyasi va standartlari 4
  16
Tanlov fanlari (1 tasini tanlang)  
1) Boshqaruvchilar uchun ma'lumotlar tahlili  2
2) Moliyaviy hisob 2
3) Loyihada shartnomalarni boshqarish 2
4) Loyiha jamoasini boshqarish 2
  2
Ilmiy faoliyat
1) Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash 8
2) Ilmiy seminar  2
3) Ilmiy-amaliy  ish 2
  12
Jami: 30
2-SEMESTR
Asosiy fanlar
1) Biznes ingliz tili 2
2) Loyiha initsiatsiyasi va rivojlantirish 2
3) Loyiha boshqaruvida strategiya 2
4) Amaliy loyihaviy boshqaruv 4
  10
Tanlov fanlari (1 tasini tanlang)
1) Xalqaro moliya bozorlari 2
2) Loyihaviy boshqaruv instrumentlari 2
3) Axborotni boshqarish asoslari 2
4) Loyihada risklarni boshqarish 2
  2
Ilmiy faoliyat
1) Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash 12
2) Ilmiy seminar  2
3) Ilmiy-amaliy ish 4
  18
Jami: 30
HAMMASI: 60