• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Loyihaviy boshqaruv

Loyihaviy boshqaruv sohasidagi magistratura yo'nalishi, boshqaruv faoliyatida muvaffaqiyatli kar'yera qurishga qaratilgan. Bugungi barqaror iqtisodiyotda doimiy o'zgarishlarga ega bo'lgan, malakali tarzda o'rnatilgan  boshqaruv faoliyati - muvaffaqiyatli biznesning kalitidir. Shuni ham unutmaslik kerakki, loyihaviy boshqarish tamoyillari va vositalari iqtisodiyotning xususiy va davlat sektorida keng qo'llaniladi.

Kim uchun?

Magistirlik dasturi xo'jalik boshqaruvi organlari, aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa tadbirkorlik sub'yektlari uchun mo'ljallangan. Bitiruvchilarga, faqat boshlang'ich kasblarga va kelgusida o'qish uchun professional bilimlarni chuqurlashtirishni istagan mutaxassislarga mos keladi.

Dasturning maqsadi:

- Tinglovchilarni loyiha va ta'minotni boshqarish sohasidagi muvaffaqiyatli kar'yera uchun tayyorlash;

- Samarali korporativ boshqaruvi, yuqori darajadagi biznes etiketi uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni rivojlantirish.

Dasturning afzalliklari:

- O'qish va ishni bir vaqtning o'zida olib borish;

- Zamonaviy xalqaro ta'lim standartlari va talablarini inobatga olgan holda, ishlab chiqilgan ta'lim dasturlari bo'yicha o'quv jarayoni;

- Ilg'or pedagogik, axborot - kommunikatsiya texnologiyalari asosida o'qitish shakllari va usullari;

- Germaniya, Italiya va boshqa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ta'lim muassasalaridan jalb qilingan professor o'qituvchilarning mavjudligi;

- Respublika va horijiy mamlakatlar mutaxassislari  ishtirokidagi muammoli - maqsadli muhokamalar, davra suhbatlari, konferentsiyalar, simpoziumlarning o'tkazilishi;

- Hamkorlik dasturi asosida chet elda o'qitish imkoniyati.

Dasturning muhim hususiyati shundaki, tinglovchilar strategik rejalashtirish, loyiha ekspertizasi, loyihani modellashtirish, biznes jarayonlarini boshqarishning asosiy poydevoriga ega bo'lishadi. Bu esa amaliyotda metodologiyani samarali qo'llash uchun yaxshi zamin yaratadi.

Qabul to'lov kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Muddati: 1 yil.