• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Oliy maktab haqida

BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABI HAQIDA

O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30-iyuldagi 460-son “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida” qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Oliy maktabning maqsadi korporativ boshqaruvi, loyiha boshqaruvi sohalarida kadr va mutaxassislarni tayyorlash tizimini xalqaro standartlarga muvofiq tubdan takomillashtirish hamda ularning professional saviyasini oshirish, shuningdek, biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etishni ilmiy-metodik qo'llab-quvvatlashdan iborat.

Oliy maktabda “Biznesni boshqarish (Master of Business Administration – MBA)”, “Loyiha boshqaruvi” (Project management), “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish” magistratura dasturlari asosida mutaxassislar  hamda “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixtisosligi bo'yicha va doktoranturada (PhD, DCs) ilmiy kadrlar tayyorlanmoqda. Bir vaqtda 30 dan ziyod yo'nalish bo'yicha qisqa muddatli o'quv kurslarda tashkilot va korxona xodimlari, aholi va tadbirkorlar malakalarini oshirmoqdalar.

Dasturlarning asosiy maqsadi – keskin raqobat muhitida erkin faoliyat yurita oladigan, belgilangan vazifalarni samarali bajarish va amalga oshirishga qodir yuqori malakali kadrlarini tayyorlashdir.

Bizning oldimizgaga qo'ygan asosiy maqsadimiz nafaqat respublikada, balki xalqaro miqyosda ham etakchi biznes maktabiga aylanishdir!