• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

МВА

MBA “Biznes boshqaruvi magistri” dasturi barcha soha va yo'nalishlar uchun oliy va yuqori malakali rahbar kadrlar tayyorlash bo'yicha jahonda universal ta'lim dasturi deb tan olingan. Biznes va boshqaruv Respublika oliy maktabining MBA dasturi bu - dunyodagi e'tirof etilgan standartlar va mahalliy ishbilarmonlik  muhitining o'ziga xos hususiyatlarini hisobga olgan holda, ushbu sohadagi yetakchi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan  innovatsion amaliy dasturdir.

Kimlar uchun? 

Dastur mutaxassislar, tadbirkorlar va yuqori darajadagi boshqaruvchilar, iqtisodiy boshqaruv organlari, kasbiy o'sishga qiziqqan, yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish, strategik fikrlash, shuningdek sifat jihatdan kelajakda yangi rivojlanish bosqichini izlayotgan universitet bitiruvchilari uchun mo'ljallangan.

 Dasturning maqsadi:

- Zamonaviy biznes modellarini o'rganish;

- O'quv jarayonida materiallarni amaliy jihatdan mustahkamlash uchun tinglovchilarni zarur vositalar bilan ta'minlash;

- Biznes boshqaruvida muvaffaqiyatli kar'yera uchun tinglovchilarni tayyorlash.

Dasturning afzalliklari:

- O'qish va ishning bir vaqtning o'zida olib borish imkoniyati bilan modulli ta'lim tizimi yo'lga qo'yilganligi;

- Sohadagi yetakchi amaliyotchi mutaxassislar, professor o'qituvchilar, fan nomzodlari va kuchli pedagog kadrlar tomonidan beriladigan ta'lim;

- Germaniya, Italiya va boshqa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ta'lim muassasalaridan jalb qilingan professor o'qituvchilarning mavjudligi;

- Respublika va horijiy mamlakatlar mutaxassislari  ishtirokidagi muammoli - maqsadli muhokamalar, davra suhbatlari, konferentsiyalar, simpoziumlarning o'tkazilishi;

- Hamkorlik dasturi asosida chet elda o'qitish imkoniyati.

Dasturning o'ziga hos hususiyati shundaki, u amaliy faoliyatga asoslangan va tinglovchilarga biznes boshqaruvini rivojlantirishning yangi usullarini kashf qilishda innovatsion yechimlar va usullarni ishlab chiqishda yordam beradi.

 Qabul to'lov kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Muddati: 2 akademik o'quv yili.