• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

ACCA kurslari

Biznes va boshqaruv Respublika oliy maktabi maxsus ACCA xalqaro malaka oshirish kurslarini taklif etadi.

АССА (The Association of Chartered Certified Accountants), sertifikatlangan buxgalterlar assotsiatsiyasi– moliya yo’nalishida yuqori darajadagi mutaxassislarni tayyorlashni o’ziga maqsad qilgan global professional uyushma xisoblanadi.

ACCA kurslarida Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (keyingi satrlarda MHXS) bo’yicha uning asoslari va nozik jahatlarini o’tiladi, ya’ni, ko’nikmalar bilan siz dunyoning istalgan mamlakatida moliya, buxgalteriya, audit va boshqaruv sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun yetarlicha zamin yaratib beradi.

ACCA malakasi bo'yicha Moliyaviy hisobot (Moliyaviy hisobot– F3) - Kurs moliyaviy menejerlar, buxgalterlar, moliyaviy direktorlar va o'zlarining professional darajalarini oshirishni istagan menejerlar, shuningdek 2015 yil 24 apreldagi №4720-sonli Prezident farmoniga muvofiq Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (keyingi satrlarda MHXS) bo’yicha AJ rahbarlari o’z malakalarini oshirishlari zarur. Kursning asosiy maqsadi - buxgalterning xalqaro malakasiga kasbiy tayyorgarlik bo'lib, g'arbdagi hamkasblari bilan "bir yo’nalishda" ish yuritish imkonini yaratib beradi.

Kurs vazifalari:

  • Tinglovchilarni moliyaviy hisobotni yuritishning asosiy prinsiplari bilan tanishtirish;
  • Moliyaviy hisobot maqsadlarini o'rganish va yakuniy moliyaviy natijalarni talqin qilish qobiliyati shakllantirish;
  • Bosh va sho'ba kompaniyalarning asosiy konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlarini tayyorlash;

Kurs dasturi quyidagi mavzularni o'z ichiga oladi:

  • Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari bo'yicha buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotlarni to'liq tushunish;
  • Moliyaviy nisbatlarning talqini;
  • Konsolidatsiyalangan (jamlama) moliyaviy hisobotlarni tayyorlash;
  • Foyda va zarar hisobotini tuzish;

Tinglovchilar kursni tugatgandan so'ng:

  • 54 soatlik offlayn ta'lim dasturi + 3 oylik onlayn ta'lim dasturi orqali moliya va buxgalteriya sohasida chuqur bilim va ko'nikmalarga ega bo'lladilar;
  • Xalqaro standartlarga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlashni o'rganadilar;
  • Ingliz tilidagi so'z boylikarini oshirishadi;
  • Buxgalteriyada ikki yoqlama yozuv usullardan foydalanishni o'rganadilar.

Ta'lim shakli: kunduzgi (qo’shimcha 3 oylik LSBF onlayn platformasiga kirish)

O'quv yuklamasi:

O'quv yukining hajmi: 50 akademik soat.

O'qish muddati: 2 oy

Muntazamlik: 19-00 dan 20-30 soatgacha seshanba kuni

                        shanba kuni soat 17-00 dan 20-00 gacha

Ta'lim shartlari:

Ta'lim tili: rus va ingliz tillari

Tinglovchilar soni: 10-15 kishi

Narx: 2 510 595 so’m

Aloqa uchun raqamlar: 71 239 03 05, 71 239 03 11, 71 239 03 03

 

Hujjatlarni onlayn topshirish

Ilova qiling