• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Qabul haqida 2020/2021

 Magistrlik dasturlari

Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida magistrlik mutaxassisligi bo'yicha o'qish to'lov-kontrakt asosida, ishdan ajralgan va ajralmagan holda amalga oshiriladi.

O'qish quyidagi mutaxassisliklar bo'yicha olib boriladi:

  1. «Loyihaviy boshqaruv» («Project Management»)

O'qish muddati: 1 yil

To'lov-kontrakt summasi: 29 900 000 so'm

  1. «Biznes boshqaruv» («Master of Business Administration — MBA»)

O'qish muddati: 2 yil

Yillik to'lov-kontrakt summasi: 29 900 000 so'm 

Magistraturaga kirish uchun hujjat topshirishning oxirgi muddati

O'qish shakli - kunduzgi, sirtqi, kechki

 Oliy maktab magistraturasiga oliy ma’lumotga, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda olingan oliy ma’lumotga (diplomli mutaxassis, bakalavr) ega bo’lgan fuqarolar qabul qilinadi. Bunda xorijiy mamlakatlarda olingan diplomlar tegishli tartibda nostrifikatsiyalangan bo’lishi lozim. 

Ingliz tilini B2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi amaldagi milliy malaka sertifikati yoki CEFR (Common European Framework of Reference) bo’yicha B2, IELTS (International English Language Testing System) bo’yicha 5.5 ball, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) bo’yicha 72 balldan kam bo’lmagan darajada ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlarga ega bo’lgan, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarini ingliz ta’lim tilida bitirgan nomzodlar ingliz tili bo’yicha imtihon topshirishdan ozod qilinadi. Ularga mazkur fandan belgilangan maksimal ball beriladi.

 Oliy maktab magistraturasiga kirish istagini bildirgan nomzodlar Oliy maktabning rasmiy veb-sayti orqali Oliy maktabning direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qilishadi:

  • oliy ma’lumoti to’g’risidagi hujjatning nusxasi;
  • 4х6 o’lchamdagi rangli fotosurat;
  • pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);
  • ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat (agar mavjud bo’lsa).

Oliy maktab magistraturasiga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar yuqorida ko’rsatilgan hujjatlarning aslini yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini Oliy maktabga taqdim etadi.  

Hujjatlar qabul qilish davri

Nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish o’qish yilida ikki marta (yozgi va qishki qabul davrlarida) amalga oshiriladi.

  • 2020-2021 o’qish yilida yozgi qabul muddati 2020 yil 15 avgustgacha;
  • 2021-2022 o’qish yilida qishki qabul muddati 2020 yil 15 noyabrdan 2021 yil 15 yanvargacha.

 Oliy maktab magistraturasiga o’qishga qabul qilish uchun kirish imtihonlari yozma imtihon va test sinovlari shaklida (bundan buyon matnda kirish imtihonlari deb yuritiladi) amalga oshiriladi. Oliy maktab magistraturasiga o’qishga qabul qilish uchun kirish imtihonlari magistraturada o’qiydigan tilda o’tkaziladi va bu haqda magistraturaga kirish to’g’risidagi arizada ko’rsatilishi lozim. Kirish imtihonlari magistratura mutaxassisliklari va o’qitish tillariga ko’ra alohida o’tkaziladi.

Kirish imtihonlari uchun maksimal ball 100 ballni tashkil etadi, ushbu ballar quyidagilardan tashkil topadi:

  • mutaxassislik fanlari bo’yicha – 0 balldan 75 ballgacha;
  • ingliz tili fani bo’yicha – 0 balldan 25 ballgacha.

Kirish imtihonlari o’qish yilida ikki marta (yozgi va qishki qabul davrlarida) amalga oshiriladi:

  • 2020-2021 o’qish yilida yozgi qabul kirish imtihonlari 2020 yil 22 avgustda bo'lib o'tadi;
  • 2021-2022 o’qish yilida qishki qabul kirish imtihonlari 2021 yil 23 yanvarda bo'lib o'tadi.

Nomzodlarning kirish imtihonlaridan qayta o’tkazilishiga yo’l qo’yilmaydi.

 Oliy maktab magistraturasiga kirish imtihonlaridan o’ta olmagan nomzod kirish imtihonlari natijalari e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida Oliy maktab orqali apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini uch ish kuni ichida ko’rib chiqadi va qabul qilingan qaror to’g’risida nomzodga shu kunning o’zida yozma ravishda xabar beradi.

1-SEMESTR
Ilmiy-tadqioqt metodologiyasi
Biznes ingliz tili 
Loyihaviy boshqaruvning nazariy-metodologik asoslari
Raqamli loyihaviy boshqaruv
Ishbilarmonlik yozishmalari va taqdimot ko'nikmalari
Ilmiy seminar


2-SEMESTR
Biznes ingliz tili
Loyihaviy boshqaruvning amaliy implementatsiyasi
Loyiha boshqaruvining jahon amaliyoti
Loyihaviy moliyalashtirish
Ilmiy seminar

1-SEMESTR
Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi
Boshqaruv iqtisodiyoti
Biznes ingliz tili 
Inson resurslarini boshqarish
Ishbilarmonlik yozishmalari va taqdimot ko'nikmalari
Ilmiy seminar

2-SEMESTR
Biznes ingliz tili
Umumiy menejment
Marketing menejmenti
Moliyaviy va boshqaruv hisobi
Loyiha boshqaruvining jahon amaliyoti
Ilmiy seminar

3-SEMESTR
Korporativ moliya 
Korporativ boshqaruv
Tadbirkorlik va innovatsiyalar 
Narx shakllanishi va bozorlar 
Ilmiy seminar

Hujjatlarni onlayn topshirish

Ilova qiling