• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDAGI RISKLARNI BOSHQARISH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH

“TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDAGI RISKLARNI BOSHQARISH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH”

mavzusidagi o‘quv kursining

O’QUV DASTURI

O’quv kursi tijorat banklarining risklarni boshqarish bilan shug‘ullanadigan funksional bo‘linmalarining rahbarlari va operatsion xodimlariga mo‘ljallangan.

O’quv kursining maqsadi tijorat banklari xodimlarining bank risklarini baholash va boshqarish borasidagi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini boyitish hisoblanadi.

O’quv kursi vazifalari:

- mamlakat bank tizimini isloh qilish yo‘nalishlarining mohiyatini ochib borish;

- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari faoliyatidagi risklarga nisbatan  o‘rnatilgan prudensial talablari bilan tanishtirish;

- tijorat banklari faoliyatidagi risklarni baholash metodikalarini o‘rganish;

-  tijorat banklari faoliyatidagi risklarni boshqarish usullarini o‘rganish.

O’quv kurs dasturi quyidagi mavzularni o’z ichiga oladi:

- O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari;

- Bazel qo‘mitasining bank risklarini baholash va boshqarish bo‘yicha talablari;
- Markaziy bankning bank risklari bo‘yicha prudensial talablari;
- Kredit riskini baholash va boshqarish;
- Foiz riskini baholash va boshqarish;
- Valyuta riskini baholash va boshqarish;
- Operatsion riskni baholash va boshqarish;
- Likvidlilik riskini baholash va boshqarish
- Fond riskini baholash va boshqarish.

O’quv shakli kunduzgi, kunduzgi ish vaqtidan ajralgan holda

O’quv yuklamasi: 40 auditoriya o’quv soati

Muddati: 5 kun, har kuni 09:00 dan 16:00 gacha

Oraliq nazorat: suhbat

Yakuniy nazorat: test

Kurs yakunida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

O’qish shartlari:

O’quv tili: rus tili, o’zbek tili

Tinglovchilar soni:  20-25 ta

Hujjatlarni onlayn topshirish

Ilova qiling