
O’quv kursi turli darajadagi loyihalarni boshqaradigan yuqori va quyi tashkilot mutaxasislari va rahbarlari va O’zbekiston hududida loyihalarni samarali ishga qo’yishga qiziqayotgan barcha uchun mo’ljallangan.
O’quv kursi maqsadi - PMBoK 6 ed. asosida loyiha boshqaruvi jarayonlarini boshqarishning huquqiy yo’nalishi haqida bilimga ega bo’lish, O’zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan loyiha boshqaruvi sistemasi to’g’risida to’g’ri tushunchani shakllantirish.
O’quv kursi vazifalari: loyiha boshqaruvining mohiyati va tuzilmasi haqida tushuncha, boshqaruv faoliyatli tashkilotlar yondashuvidagi asosiy farqlar, loyiha boshqaruvning rivojlanishidagi nazariy va professional muammolar va zamonaviy holati, imkoniyatlari, zamonaviy sharoitda loyiha boshqaruvining samarali ifodasi haqida tushuncha shakllantirish, loyiha boshqaruvining asosiy moduli va usullari haqida dastlabki tushuncha, tashkilotlarda, iqtisodiy sohalarda loyiha boshqaruvi instrumentlarini qo’llash bilim va ko’nikmalariga ega bo’lish, turli xil faoliyatli tashkilotlarda loyihaning samarali omillarini aniqlash va qo’llashni shakllantirish.
O’quv kursi dasturi quyidagi mavzularni o’z ichiga oladi:
- Loyiha boshqaruviga kirish;
- Loyiha boshqaruvi obyekti;
- Loyiha boshqaruvi subyekti;
- Loyiha boshqaruvi bosqichlari va jarayonlari;
- Loyiha boshqaruvining asosiy bilim va ko’nikmalari
O’quv kursini yakunlagach bitiruvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: loyiha boshqaruvining tarixiy kelib chiqishi; O’zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvining rivojlanish bosqichlari; loyiha boshqaruvi rivojlanishining zamonaviy yondashuvi, loyiha, dastur va portfelning asosiy xususiyatlari; loyihaning samaradorlik mezonlarini aniqlash, mezonlarni aniq loyihaga ishlatish, kamchiliklarni aniqlash; loyihaning barcha qatnashchilarini tahlil qilish, ularni qiziqishlarini bilish va loyihaning hayotiy sikli davomida ularni boshqarish; loyihaning tashabbusini, maqsadini va unga erishish mezonini aniqlash; maqsadni aniqlash, loyihaning samaradorlik mezonlari va natijalarni aniqlash, qatnashchilarning birgalikda ishlash qiziqishlari va usullarini aniqlash va loyihaning manfaatdor tomonini aniqlashda yetarli ko’nikmalarga ega bo’lishi; loyiha tashabbusi qobiliyati, maqsad qo’yish qobiliyati, ustav tayyorlash qobiliyatiga ega bo’ladilar.
O’quv shakli: kunduzgi, kunduzgi ish vaqtidan ajralgan holda, yoki masofaviy o’quv texnologiyalaridan foydalangan holda.
O’quv yuklamasi:
O’quv yuklamasi hajmi: 48 auditoriya o’quv soati
Muddati: 6 kun
Davomiylik: har kuni 09:00 dan 16:00 gacha
Oraliq nazorat: suhbat
Yakuniy nazorat: test
Kurs yakunida davlat namunasidagi sertifikat beriladi
O’qish shartlari:
O’quv tili: rus tili, o’zbek tili
Tinglovchilar soni: 25-30 ta
O’quv narxiga kofe-breyk va obed kiritilgan.
Narxi: 2 700 000 so’m