• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

OILAVIY TADBIRKORLIK DASTURLARI ORQALI KREDIT OLISHNI MO’LJALLAGAN AHOLI QATLAMLARI

“OILAVIY TADBIRKORLIK DASTURLARI ORQALI KREDIT OLISHNI MO’LJALLAGAN AHOLI QATLAMLARI”

mavzusidagi o‘quv kursining

O’QUV DASTURI

O’quv kursi aholining oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali kredit olishni mo‘ljallagan qatlami uchun.

O’quv kursining maqsadi oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali kredit olishni mo’ljallagan aholi qatlamlarida tijorat banklari va nobank kredit tashkilotlaridan kreditlar olish va olingan kreditlardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hisoblanadi.

O’quv kursi vazifalari:

- oilaviy tadbirkorlikni kreditlashning me’yoriy-huquqiy asoslari bilan tanishtirish;

- kreditlash shakllari va kreditlarning turlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish;

- banklarning kredit oluvchilarning kredit to‘loviga layoqatliligiga nisbatan belgilagan talablari bilan tanishtirish;

- kreditlarning ta’minotiga nisbatan talablarni o‘rgatish;

- tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash jarayonida yuzaga keladigan risklarni baholash va boshqarish bo‘yicha ma’lumotlar berish.

O’quv kurs dasturi quyidagi mavzularni o’z ichiga oladi:

  • O‘quv kursi mavzusi taqdimoti;
  • Oilaviy tadbirkorlikni kreditlashning me’yoriy-huquqiy asoslari;
  • “Har bir oila-tadbirkor” davlat dasturining asosiy yo‘nalishlari;
  • Tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimi;
  • Biznes-reja va undagi ko‘rsatkichlarning ishonchliligini baholash;
  • Oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarini banklar tomonidan kreditlash shakllari;
  • Oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarining kredit olishi tartibi va tashkiliy yo‘l-yo‘riqlari;
  • Tijorat banklari kreditlarining ta’minotiga qo‘yilgan talablar;
  • Oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarining kredit to‘loviga layoqatliligini baholash;
  • Oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan kreditlarni qaytarish tartibi va to‘lovlar ketma-ketligi;
  • Tadbirkorlik sub’ektlarining eksporti va importini kreditlash;
  • Banklar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan kreditlarni monitoring qilish tartibi;
  • Muvaffaqiyatli tadbirkorlardan biznesni tashkil etish, rivojlantirish tajribasi haqida master-klass;
  • Amaliy va situatsion masalalar yechish;
  • Tinglovchilar bilimini test savollari orqali baholash;
  • Test natijalarini e’lon qilish. Sertifikatlarni topshirish.

O’quv shakli kunduzgi, masofaviy

O’quv yuklamasi: 40 auditoriya o’quv soati

Muddati: 5 kun, har kuni 09:00 dan 16:00 gacha

Oraliq nazorat: suhbat

Yakuniy nazorat: test

Kurs yakunida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

O’qish shartlari:

O’quv tili: rus tili, o’zbek tili

 

Hujjatlarni onlayn topshirish

Ilova qiling