• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

XOTIN-QIZLARNI TADBIRKORLIK KO’NIKMALARIGA O’QITISH

“XOTIN-QIZLARNI TADBIRKORLIK KO’NIKMALARIGA O’QITISH”

mavzusidagi o‘quv kursining

O’QUV DASTURI

O’quv kursi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlar uchun.

O’quv kursining maqsadi xotin-qizlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va boyitish hisoblanadi.

O’quv kursi vazifalari:

  • xotin-qizlar tadbirkorlik faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslari bilan tanishtirish;
  • tadbirkorlik sub’ektlarini davlat va korporativ xaridlarda ishtirok etishini ta’minlash;
  • biznes-reja tuzishni o‘rgatish;
  • tadbirkorlik sub’ektlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish amaliyoti bilan tanishtirish;
  • banklar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash tartibini o‘rgatish;
  • tadbirkorlik sub’ektlariga eksport va import operatsiyalarini amalga oshirish tartibini o‘rgatish;
  • tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish amaliyoti bilan tanishtirish;
  • tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini sug‘urtalash amaliyoti bilan tanishtirish.

O’quv kurs dasturi quyidagi mavzularni o’z ichiga oladi:

  • O‘quv-amaliy seminar mavzusi taqdimoti
  • Xotin-qizlar tadbirkorlik faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslari
  • Xom-ashyo va resurslardan foydalanish huquqini olish. Davlat va korporativ xaridlarda tadbirkorlik sub’ektlarining ishtiroki.
  • Biznes-reja tuzish va uning ko‘rsatkichlarini ishonchliligini baholash
  • Tijorat banklarida milliy va xorijiy valyutalarda hisobvaraqlarni ochish va ularni yuritish tartibi
  • Tadbirkorlik sub’ektlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish
  • Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash amaliyoti
  • Tadbirkorlik sub’ektlarining eksport va import operatsiyalari
  • Tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish
  • Tadbirkorlik faoliyatini yuritishda sug‘urta turlarining ahamiyati
  • Xotin-qizlar tadbirkorligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
  • Xotin-qizlar tadbirkorligi bilan bog‘liq bo‘lgan risklar va ularni boshqarish
  • Muvaffaqiyatli tadbirkorlardan biznesni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha master-klass
  • Amaliy va situatsion masalalar yechish
  • Amaliy va situatsion masalalar yechish
  • Tinglovchilar bilimini test savollari orqali baholash. Sertifikatlarni topshirish.

O’quv shakli kunduzgi, masofaviy

O’quv yuklamasi: 40 auditoriya o’quv soati

Muddati: 5 kun, har kuni 09:00 dan 16:00 gacha

Oraliq nazorat: suhbat

Yakuniy nazorat: test

Kurs yakunida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

O’qish shartlari:

O’quv tili: rus tili, o’zbek tili

Narxi: 2 100 000 so’m

1 050 000 so’m (hudud)

Hujjatlarni onlayn topshirish

Ilova qiling