• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

MHXS: XALQARO STANDARTLARGA MUVOFIQ MOLIYAVIY HISOBOT VA UNING AMALDA QO'LLANILISHI

Oquv kursi MHXS asosida moliyaviy hisobot tayyorlaydigan mutaxasislarga; moliya – iqtisodiy va buxgalteriya yo’nalishida faoliyat yuritayotgan xodim va rahbarlarga; ichki auditorlarga; MHXS bo’yicha hisobotlarni tahlil qiladigan moliya va kredit banklari xodimlariga; MHXS bo’yicha ohirgi ma’lumotlarga ega bo’lmoqchi bo’lgan barcha uchun moljallangan.

Oquv kursi maqsadi – moliyaviy hisobotning xalqaro standartining sistemasi va tuzilmasi bo’yicha samarali tushunchalar berish, hozirda amal qilayotgan buxgalteriya hisobi normalari va tamoyillari bilan standartda ko’rsatilgan talablarni solishtirish; mahalliy hisobotlarni asosiy qoidalarini MHXS da ko’rsatilgan hisobotlarga o’zgartirishni o’rganish; O’zbekistondagi tashkilotlarga amaliy tarzda kiritish usullari va jihatlarini ko’rib chiqish.  

Oquv kursi vazifalari moliyaviy hisobotlarni xalqaro standarti sistemasini va tuzilmasini, hamda, hisobotlarni tayyorlashda yuzaga kelayotgan asosiy farqlarni o’rganish va o’zlashtirish 

Oquv kursi dasturi quyidagi mavzularni o’z ichiga oladi:

  • Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarining sistemasi va tuzilmasi;
  • Hisobot tayyorlashning usullaridagi asosiy farqlari va xususiyatlari;
  • Mahalliy hisobotlarni MHXS hisobotlariga o’zgartirish usullari;
  • MHXS asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish va tayyorlash tamoyillari;
  • Aktivlarni, shaxsiy kapital, alohida operatsiyalarni aylantirish

Oquv kursini bitirgach bitiruvchilar quyidagilar borasida bilim va ko’nikmaga ega bo’ladilar: moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarining mohiyati, maqsadi va vazifalari; MHXS bo’yicha moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish tamoyillari; MHXS bo’yicha kreditor tashkilotlarning moliyaviy hisobot tayyorlashlari va topshirishlarining huquqiy asoslari; mahalliy banklar tomonidan MHXS bo’yicha tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni shakllantirish bosqichlari va yondashuvlarini aniqlash olishi; mahalliy banklar tajribalariga MHXS ni kiritishning asoslari aniqlash; xalqaro standartlarga tayangan holda professional (motivatsion) hukm chiqarish; kreditor tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini MHXS formatida tayyorlash, tuzish va taqdim etish mahoratiga ega bo’lish.  

Oquv shakli: kunduzgi, kunduzgi ish vaqtidan ajralgan holda, yoki masofaviy o’quv texnologiyalaridan foydalangan holda.

O’quv  yuklamasi:

O’quv yuklamasi hajmi: 48 auditoriya o’quv soati
Muddati: 5 kun
Davomiylik: har kuni 09:00 dan 16:00 gacha
Oraliq nazorat: suhbat
Yakuniy nazorat: test
Kurs yakunida davlat namunasidagi sertifikat beriladi

O’qish shartlari:
O’quv tili: rus tili, o’zbek tili
Tinglovchilar  soni: 25-30 ta
Narxi: 2 350 000 so’m

Hujjatlarni onlayn topshirish

Ilova qiling