• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

BOSHQARUV KADRLARI UCHUN HUQUQIY SAVOLLAR DASTURI: BOSHLANG’ICH BOSQICH “HUQUQ I”

Oquv kursi huquqiy savodxonlikni bazaviy darajasini o’rganishga yonaltirilgan. O’quv dasturi davomida, ish faoliyati va tashkilotdan qat’iy nazar, boshqaruvning barcha toifalariga kerak bo’ladigan O’zbekiston Respublikasining asosiy qonunchiligi o’rganiladi.  

Oquv kursi maqsadi – huquqiy xabardorlikni oshirish, qonunchilikni o’rganish, qonunga hurmat hissini shakllantirish, majburiyatlarni bajarishga mas’uliyatni va huquqiy ongni shakllantirish.

O’quv kursi vazifalari:

  • Boshqaruv xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish;
  • huquqiy masalalar bo’yicha kompleks bilimlar, nazariy va amaliy tayyorgarlikni shakllantirish;
  • Ish faoliyati davomida yuzaga keladigan u yoki bu vazifalarni huquqiy nazariya orqali samarali yechishni rivojlantirish;
  • Dastur qatnashuvchilari orasida tajriba almashish.

O’quv dasturi o’z ichiga quyidagi mavzularni oladi:

  • Davlat ro’yxatdan o’tqazish va qayta ro’yxatdan o’tqazish tartibi. Qayta tashkil etish va tugatish turlari va tartibi;
  • Huquq tarixi. Xalqaro huquqiy oilalar turlari;
  • O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy sudida qonuniy qiziqish va huquqlarni himoya qilish yo’llari va usuli. Xalqaro arbitraj.

O’quv kursini yakunlagach bitiruvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: boshqaruv va moliya – xo’jalik yo’nalishiga taaluqli O’zbekiston Respublikasi qonunchiliklari; qabul qilingan qarorlarni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan solishtirish; O’zbekiston Respublikasi normativ – huquqiy hujjatlarini yuridik kuchi va ta’sir doirasini farqlay bilish; mulkchilik shaklining huquqiy turlari asoslarini farqlash, hamda, davlat ro’yxatidan o’tqazish, qayta o’tqazish va tugatish (bankrotlik asosida ham) tartibi; soliq va yig’imlarni asosiy turlarini ajratish, ularning elementlari va hisobot formalari haqida tushunchaga ega bo’lish, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy sudida va ijro jarayonida qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda o’zining huquq va qiziqishlarini himoya qilish; o’tilgan dastur yuzasidan O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarini malakali talqin qilish va huquqiy ongni ishlatish; O’zbekiston Respublikasi amaldagi u yoki bu qonunchilik hujjatlarini malakali talqin qilish va amalda ishlatish. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asoslangan holda qarorlar qabul qilish va turli xil  huquqni tartibga solish sanoatlarida huquqiy hujjatlarni tuzish qobiliyati.

O’quv shakli: kechgi, ish vaqtidan ajralmagan holda.

O’quv  yuklamasi:

O’quv yuklamasi hajmi: 44 auditoriya o’quv soati
Muddati: 11 kun

Davomiylik: haftada 3 kun (dush., chor., juma) 18:30 dan 21:45 gacha

Yakuniy nazorat: test

Kurs yakunida davlat namunasidagi sertifikat beriladi

O’qish shartlari:
O’quv tili: rus tili/o’zbek tili
Tinglovchilar  soni: 15-20 ta
O’quv narxiga kofe – breyk kiritilgan.
Narxi: 2 500 000 so’m

Hujjatlarni onlayn topshirish

Ilova qiling